» » Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi o‘z Telegram-botini ishga tushirdi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi o‘z Telegram-botini ishga tushirdi


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga endi Telegram messenjeridagi bot (@iibb_bot) yordamida ham murojaat qilish mumkin bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Bot o‘zbek va rus tillarida ishlaydi. Dastlab ishga tushganida u foydalanuvchidan telefon raqamini so‘raydi.

Foydalanuvchiga o‘zi yashaydigan yoki biror hodisa yuz bergan tumanni tanlash taklif etiladi. Dastur joyni avtomatik tarzda ko‘rsatishi uchun geoma’lumotlarni yuborish imkoniyati ham bor.

So‘ng Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, profilaktika inspektori, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati va ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari faoliyati sohasiga tegishli so‘rov, ariza yoki murojaatlarni yuborish mumkin. Audio, videoformatdagi fayllarni yoki fotosuratlarni ilova qilish mumkin.

Xabarni qabul qilgach, bot xabar olingani va ma’lumotlar bazasiga kiritilgani haqida javob yuboradi, murojaat ko‘rib chiqilgach, mobil telefonga SMS-xabar jo‘natiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют