» » Saudiya Arabistonida birinchi vakuum poyezdi sinovdan o‘tkazildi

Saudiya Arabistonida birinchi vakuum poyezdi sinovdan o‘tkazildi


Saudiya Arabistonida birinchi vakuum poyezdi (Hyperloop) sinovdan o‘tkazildi. Uning loyihasi ilk bor Tesla va SpaceX kompaniyalari tomonidan 2012—2013-yillarda taklif etilgan edi. Virgin Hyperloop One kompaniyasi va Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon Hyperloop moduli prototipini namoyish etdi, deb yozadi “Nauka”.

Tezyurar vakuum poyezdlar tarmog‘i shaharlar orasidagi qatnovni bir necha soatdan bir necha daqiqagacha qisqartirishi ko‘zda tutilmoqda. Saudiya Arabistoni vakillarining ma’lum qilishicha, ular mazkur loyiha doirasida Saudiya Arabistoni va BAAning bir nechta (Dubay, Ar-Riyod, Jidda va Abu-Dabi) shaharlaridan o‘tuvchi Hyperloop yirik tezyurar pnevmatik tranzit tizimini barpo etishga umid qilmoqda. Biroq tarmoqning aniq yo‘nalishi hozircha noma’lum.

Virgin Hyperloop One tarmoq mamlakat fuqarolariga ikki-uch karra tezroq sayohat qilish imkonini berishini ma’lum qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-04-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют