» » Madridda drama. Buffon chetlatildi, Ronaldu penaltidan gol urdi, “Yuventus” yutdi, “Real” esa yarim finalda (video)

Madridda drama. Buffon chetlatildi, Ronaldu penaltidan gol urdi, “Yuventus” yutdi, “Real” esa yarim finalda (video)


11-aprel sanasida Yevropa Chempionlar Ligasining yana ikki yarim finalchisi ma’lum bo‘ldi.

Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida mezbon “Real” jamoasi Turinning “Yuventus”ini qabul qildi. Birinchi uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan Zidan shogirdlari o‘yinni ancha xotirjam boshladi va buning uchun jazolanishdi. “Yuventus” birinchi bo‘limda Mario Manjukichning ikki goli sabab oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘limda esa Keylor Navasning xatosidan Blez Matyuidi unumli foydalanib, ikki o‘yin natijasini tenglashtirdi.

O‘yinning kuliminatsion nuqtasi bo‘lim so‘nggida yuz berdi. Qanotdan uzatilgan to‘pni Ronaldu Lukas Vaskesga tashlab berdi. Mehdi Benatia esa Vaskesni jarima maydonchasi ichida yiqitdi. Angliyalik hakam Maykl Oliver esa 11 metrli jarima to‘pini “Yuventus” darvozasi tomon belgiladi. Hakam penalti belgilagan vaziyatda unga e’tiroz bildirgan Turin klubi sardori Janluiji Buffon esa maydonni qizil kartochka olib tark etdi. Belgilangan jarima to‘pini Krishtianu Ronaldu aniq amalga oshirib, “Real”ning ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yarim finalga chiqishini ta’minladi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

Chorak final bellashuvi

11-aprel, chorshanba

Gollar: 0:1 – 2 Manjukich, 0:2 – 37 Manjukich, 0:3 – 60 Matyuidi, 1:3 – 90, penalti Ronaldu.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 01:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют