» » “Yulduzlar jangi” 11-sentabr terakti tashkilotchilarini ilhomlantirgani ma’lum qilindi

“Yulduzlar jangi” 11-sentabr terakti tashkilotchilarini ilhomlantirgani ma’lum qilindi


Kanadalik yozuvchi Margaret Etvud Nyu-Yorkda 2001-yil 11-sentabrda yuz bergan terakt tashkilotchilari “Yulduzlar jangi” filmidan ilhomlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ma’lumki, 2000-yilda Daniyada antiutopiya romaniga asoslangan “Xizmatchi hikoyasi” operasi sahnalashtirilgan. Opera tomoshabinlarga turli obyektlarning portlash kadrlarini namoyish etishdan boshlangan, ularning orasida Nyu-Yorkdagi Butunjahon savdo markazi ham bo‘lgan. U vaqtda esa binolar hali portlatilmagan edi.

Yozuvchining qo‘shimcha qilishicha, terrorchilar operadan emas, balki Yulduzlar jangi fantastik afsonasidan ilhomlangan. “Birinchi filmda ikki yigit samolyotda nimaningdir ichiga uchib kiradi va uni yorib o‘tadi”, — deb ta’kidlagan ayol.

Yozuvchining so‘zlariga ko‘ra, real terakt va film voqealari o‘rtasidagi farq shundaki, film qahramonlari omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.

2001-yil 11-sentabrda ikkita samolyot AQShning Nyu-York shahridagi Butunjahon savdo markazi binolariga urilgan, uchinchisi esa Pentagon binosi ustiga qulagan. Terakt uchun javobgarlikni “al-Qoida” tashkiloti o‘z bo‘yniga olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 05:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют