» » Sariq dengizda ikki kemaning to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Sariq dengizda ikki kemaning to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi


Sariq dengizda 12-aprel kuni Tanzaniya bayrog‘i ostidagi suv sig‘imi 500 tonnalik refrijerator kema va Janubiy Koreyaning 15 tonnalik baliqchi kemasining to‘qnashib ketishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Janubiy Koreya qirg‘oq mudofaasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

To‘qnashuv 12-aprel, payshanbaga o‘tar kechasi Memuldo (Cholla-Namdo provinsiyasi) orolidan o‘n kilometr shimoli-g‘arbda yuz bergan.

Dengiz politsiyasi yo‘qolgan odamlarni qidirish uchun 17 ta katerni yubordi va qutqaruvchilarga yordam ko‘rsatishini so‘rab hodisa joyiga yaqin boshqa kemalarga signal yo‘lladi. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-04-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют