» » Janubiy Koreyaning “Sevol” paromi halokatga uchraganidan 3 yil o‘tib quruqlikka olib chiqildi

Janubiy Koreyaning “Sevol” paromi halokatga uchraganidan 3 yil o‘tib quruqlikka olib chiqildi


Janubiy Koreya rasmiylari uch yil avval Sariq dengizda cho‘kib ketgan “Sevol” paromini quruqlikka olib chiqdi. Bu haqda Yonhap agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Sevol” paromi 23-martda suv yuzasiga olib chiqilgandi. Kemani quruqlikka olib chiqish operatsiyasida 600 ga yaqin yukortgich ishtirok etdi. Endilikda paromning korpusini mustahkamlash qoldi. Shundan keyin qutqaruvchilar shu kungacha bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan to‘qqiz kishining jasadini qidiradi.

Parom 2014-yilning 16-aprel kuni Inchxon shahridan Chejudo oroliga yo‘l olayotganida Sariq dengizda cho‘kib ketgandi. Halokat oqibatida 304 kishi halok bo‘ldi. Ularning aksariyati – ta’tilga yo‘l olgan maktab bolalari edi.

Cho‘kayotgan kemani ekipaj a’zolari tashlab ketgani va qutqaruvchilarning kelishilmagan xatti-harakatlari tufayli atigi 175 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют