» » Avstraliyada siklon tufayli akula quruqlikka chiqib qoldi (video)

Avstraliyada siklon tufayli akula quruqlikka chiqib qoldi (video)


Avstraliya shimoliy-sharqi bo‘ylab 28-mart kuni o‘tgan “Debbi” tropik sikloni tufayli tajovuzkor akulalardan biri quruqlikka chiqib qoldi, deb xabar bermoqda National Geographic.

Siklon vaqtida shamol tezligi soatiga 260 kilometrni tashkil qildi, daraxt va elektr liniyasi o‘tadigan simyog‘ochlar ag‘darildi, tog‘larda ko‘chkilar sodir bo‘ldi, suv daryo sathidan chiqib ketdi.

Siklon ta’siri susayganidan keyin odamlar uning asoratlarini bartaraf etishga tushdi va hamon suv bilan qoplangan ko‘chalardan birida akulani aniqladi. Mahalliy aholi ushbu akula bilan to‘qnashish yaxshilikka olib kelmasligini bilgani uchun Berdekinda cho‘milmaydi.

Ko‘chada dumalab yotgan akulaning oldiga qutqaruv xodimlari chaqirildi. Afsuski, odamlar uni topganida akula halok bo‘lgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-04-2017, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют