» » Yangi Zelandiyada AYoQShga o‘g‘rilikka tushgan akula kiyimidagi erkak shirinliklarni olib ketdi

Yangi Zelandiyada AYoQShga o‘g‘rilikka tushgan akula kiyimidagi erkak shirinliklarni olib ketdi


Yangi Zelandiyada akula kiyimidagi erkak hamda uning qora ko‘zoynak taqib olib, ko‘k ro‘molcha bilan yuzini berkitib olgan sherigi AYoQShga o‘g‘rilikka tushdi, deb xabar bermoqda UPI agentligi.

Hodisa 7-mart, seshanba kuni Yangi Zelandiyaning Kenterberi shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Mahalliy vaqt bilan tungi soat 02:00 da jinoyatchilar BP (British Petroleum) avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchasiga kirdi. Ulardan biri pichoq bilan, ikkinchisi esa bolg‘a bilan qurollangan edi.

Ular oynali vitrinani sindirdi. Sotuvchi qo‘rqqanidan uning sherigi dam olayotgan xonaga yashirindi. Shundan keyin jinoyatchilar noma’lum miqdordagi shirinliklar bilan AYoQShni tark etdi.

Kenterberi politsiyasi

AYoQSh xodimlari tomonidan chaqirilgan huquq-tartibot vakillari hozircha jinoyatchilarni qo‘lga olganicha yo‘q. Politsiya kuzatuv kameralari yordamida olingan kadrlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, g‘alati kiyimdagi erkakni ko‘rganlar ularga murojaat qilishini so‘radi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют