» » Kaliforniyada kuchli po‘rtana tufayli 4 kishi halok bo‘ldi

Kaliforniyada kuchli po‘rtana tufayli 4 kishi halok bo‘ldi


Amerikaning Kaliforniya shtati janubidagi kuchli yog‘ingarchilik sikloni oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ABC News telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Yomg‘irlar va soatiga 110 kilometr tezlikdagi shamol bilan kechgan po‘rtana yuzlab daraxtlarni yiqitdi va Los-Anjeles, Ventura okruglari, Santa-Barbara, San-Bernardino shaharlari elektr uzatish simlarini uzib tashladi.

Noqulay ob-havo sharoitida daraxtlardan biri mashina ustiga quladi, oqibatda uning ichida bo‘lgan odam halok bo‘ldi. Yana uch kishi yomon ob-havo tufayli sodir bo‘lgan turli yo‘l-transport hodisalarida vafot etdi.

Sinoptiklar siklon 19-fevral, yakshanba kuni Kaliforniyaning markaziy qismi sohillariga yopirilishini ma’lum qilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-02-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют