» » Xitoyda sayyohlarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi, 3 kishi qurbon bo‘ldi

Xitoyda sayyohlarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi, 3 kishi qurbon bo‘ldi


Xitoyning shimoli-sharqidagi Xebey provinsiyasida mahalliy sayyohlarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

35 kishini olib ketayotgan avtobus 8-aprel kuni Shaxe shahrida halokatga uchradi.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, halokat oqibatida uch kishi hayotdan ko‘z yumgan, olti nafari jarohat olgan. Tanasining ma’lum a’zolari singan ushbu olti shaxs shifoxonaga yetkazilgan. Ularning hayotiga hech narsa tahdid solmayotgani qayd etildi.

Boshqa ayrim yo‘lovchilar kichik jarohatlar olgan.

Avtobus haydovchisi esa sodir bo‘lgan voqeaga aniqlik kiritilishi uchun qo‘lga olindi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют