» » Qodirov Putin uchun prezidentlik muddatini uzaytirishni yoqlab chiqdi

Qodirov Putin uchun prezidentlik muddatini uzaytirishni yoqlab chiqdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov amaldagi prezidentda alternativa yo‘qligi va shu sababli rossiyaliklar davlat rahbari vakolatlarini ikki muddatdan ko‘proqqa uzaytirish haqida o‘ylashi kerakligini aytdi, deb yozadi “Interfaks”.

“Hozirgi prezident sog‘-salomat ekan, biz boshqa davlat rahbari haqida o‘ylamasligimiz kerak. Mening shaxsiy fikrim ana shunday. Hozir Putinda alternativa yo‘q”, — dedi u.

Qodirov bunday misollar Xitoy va Germaniyada allaqachon borligini eslatdi. XXRda yaqinda Si Szinpinning vakolatlarini ikkita muddat bilan cheklamaslik haqida qaror qabul qilindi, Germaniyada esa Angela Merkel to‘rtinchi muddat o‘z lavozimida qolmoqda. Checheniston rahbari fuqarolar bu haqda Putinning o‘zidan so‘rab o‘tirmasligi kerak deb hisoblaydi.

“Xalq, Federatsiya kengashi, Davlat dumasi, boshqa davlat institutlari bunday qarorga tashabbuskorlik qilishi va uni qabul qilishi, imzo yig‘ib, umumxalq referendumiga qo‘yishi kerak. Ishonchim komilki, pirovardida buni hamma qo‘llab-quvvatlaydi”, — dedi Ramzan Qodirov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 11:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют