» » O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi 2018-yil yanvar-mart oylarida 7,9 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi 2018-yil yanvar-mart oylarida 7,9 mlrd dollarni tashkil etdi


Respublikada tashqi savdo aylanmasi 2018-yil yanvar-mart oylarida 7,9 milliard AQSh dollarini, shu jumladan eksport 4,1 milliard AQSh dollarini va import 3,8 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashqi savdo aylanmasi saldosi 249,4 million AQSh dollarini tashkil etdi. Eksport tarkibida energiya manbalari va neft mahsulotlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 91,4 foizga o‘shishi tabiiy gazning 2,3 martaga oshgani hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Mashina va asbob-uskunalar esa 35,4 foizga o‘sdi, shundan qozonlar, uskunalar va mexanik asboblar va ularning qismlarining 24,6 foizga, transformator va akkumulyatorlar 68,6 foizga, monitor va proyektorlar 3,3 martaga oshdi. Bug‘doy eksportining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21,6 foizga va meva-sabzavot mahsulotlarining 51,7 foizga o‘sishi oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmining 49,9 foizga o‘sishiga olib keldi.

Import tarkibida asosiy ulush mashina va asbob-uskunalar (umumiy import hajmida 37,5 foiz) va kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (14,4 %) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlari tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkorlar hisoblanib, ularning jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 30,3 foizni tashkil qildi, boshqa davlatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya Respublikasi, Afg‘oniston, Germaniya, Latviya, Eron, Fransiya davlatlari hisoblanib, ularning ulushi 33,4 foizni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-04-2018, 11:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют