» » La Liga. “Barselona” “Valensiya”ni mag‘lub etdi. 2 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan, 4 daqiqada 2 ta gol urilgan o‘yinda “Sevilya” durang qayd etdi

La Liga. “Barselona” “Valensiya”ni mag‘lub etdi. 2 ta qizil kartochka ko‘rsatilgan, 4 daqiqada 2 ta gol urilgan o‘yinda “Sevilya” durang qayd etdi


Kecha, 13-aprel sanasida Ispaniya La Ligasining 32-tur bahslariga start berildi.

Turning ilk uchrashuvida “Betis” “Jirona” mehmoni bo‘ldi. 36-daqiqada Loren Morenning goli sabab “Betis” safarda muhim uch ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.

Bugun esa 32-tur doirasida 5 ta uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Shulardan ikkitasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Jumladan, “Sevilya” o‘z maydonida “Vilyarreal”ni qabul qildi. Uchrashuv anchayin qizg‘in ruhda o‘tdi. “Sevilya” 0:2 hisobini 2:2 ko‘rinishiga keltira oldi. O‘yin Nolitoning penaltini aniq amalga oshira olmagani hamda ikkala jamoadan ham bittadan o‘yinchi chetlatilgani bilan yodda qoladigan bo‘ldi.

Turning markaziy o‘yinida Yevropa Chempionlar Ligasidan chiqib ketgan “Barselona” “Valensiya”ni o‘z uyida mehmon qilib, qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. Mezbonlar tarkibida Luis Suares va Samuel Umtiti gol kiritgan bo‘lsa, o‘yin so‘ngida “ko‘rshapalaklar” sardori Dani Parexo penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirishga erishdi.

La Liga

32-tur bellashuvlari

13-aprel, juma

Gol: 0:1 — 36 Loren Moron.

14-aprel, shanba

Gollar: 0:1 – 36 Raba, 0:2 – 68 Bakka, 1:2 – 78 Nolito, 2:2 – 82 Nzonzi.

Amalga oshirilmagan penalti: Nolito (Sevilya, 75)

Chetlatishlar: Ben-Yedder (62), Kosta (76).

Gollar: 1:0 – 15 Suares, 2:0 – 51 Umtiti, 2:1 – 87, penalti Parexo.

15-aprel, yakshanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-04-2018, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют