» » O‘zbekistonliklar “Yandeks” kompaniyasining bepul Mobil ishlanmalar maktabiga kirishi mumkin

O‘zbekistonliklar “Yandeks” kompaniyasining bepul Mobil ishlanmalar maktabiga kirishi mumkin


“Yandeks” bepul Mobil ishlanmalar maktabiga qabul boshlanganini e’lon qildi, deb yozadi Spot.

Kompaniya xabarida aytilishicha, maktab Android uchun dasturlar yaratishga bag‘ishlanadi. “Yandeks” dasturchilari u yerda o‘qituvchilik qiladi.

Mobil ishlanmalar maktabi hatto shunchaki “o‘zi uchun” tajriba sifatida bo‘lsa ham, dastur yaratishga urinib ko‘rganlar uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, algoritmlarni bilish va Java bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarga ega bo‘lish talab etiladi.

Maktabdagi mashg‘ulotlar iyulda boshlanadi, ular kechki payt 19:00 dan keyin o‘tkaziladi. Mobil ishlanmalar maktabida har qanday yoshdagi va mutaxassislikdagi kishilar o‘qishi mumkin: diplom va attestat talab etilmaydi.

Maktabga o‘qishga kirish uchun anketani to‘ldirish va sinov vazifasini bajarish kerak (tavsiflar va skrinshotlarga tayanib, galereya ko‘rinishidagi mobil dasturni yaratish lozim).

“Yandeks” nashrga ma’lum qilishicha, Mobil ishlanmalar maktabiga qabul sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan O‘zbekiston fuqarolarining Moskvagacha yo‘l xarajatlari va o‘qish davridagi yashash xarajatlari qoplab beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют