» » “Yandeks.Taksi” Telegram’ni ortda qoldirdi va O‘zbekistondagi App Store reytingida birinchilikni egalladi

“Yandeks.Taksi” Telegram’ni ortda qoldirdi va O‘zbekistondagi App Store reytingida birinchilikni egalladi


App Annie ma’lumotlariga ko‘ra, “Yandeks.Taksi” mobil dasturi O‘zbekistondagi App Store do‘koni peshqadamiga aylangan. Bu haqda Spot xabar berdi.

Dastur bir kun ichida reytingda 71 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, an’anaviy yetakchi — Telegram’ni ortda qoldirgan.

Avvalroq, “Yandeks.Taksi” bosh direktori Tigran Xudaverdyan xizmatga bo‘lgan talab kompaniya kutganidan o‘nlab baravarga ko‘proq bo‘lib chiqqanini aytgandi.

Bunga qadar Telegram faqatgina hozirda topdan chiqib ketgan GetContact dasturidan ortda qolardi.

Ayni vaqtda reytingdagi uchinchi pog‘onani imo servisi egallab turgan bo‘lsa, to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni tegishli ravishda SHAREit va Instagram egallagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют