» » 2018-yilga qadar “Yandeks. Taksi” haydovchilarning charchash darajasini aniqlash tizimini ishga tushiradi

2018-yilga qadar “Yandeks. Taksi” haydovchilarning charchash darajasini aniqlash tizimini ishga tushiradi


Rossiyaning eng yirik taksomotor kompaniyasi — “Yandeks. Taksi” 2018-yilga qadar haydovchilarning charchash darajasini aniqlovchi tizimni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya bosh direktori Tigran Xudaverdyan bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

“Hozir biz amalda har bir haydovchini onlayn ko‘rish imkoniyatini beradigan tizim ustida ishlamoqdamiz. Agar biz haydovchi juda charchaganini payqasak, ko‘zini ko‘proq yopayotganini sezsak, bu haydovchi o‘z ishini davom ettira olmaydi, ya’ni buyurtmani qabul qila olmaydi degani bo‘ladi. O‘ylaymanki, keyingi yili bu tizim to‘liq joriy etiladi”, — dedi Xudaverdyan.

“Yandeks. Taksi” bosh direktorining aniqlashtirib o‘tishicha, kompaniya joriy kuzda tizim sinovlarini boshlaydi. Buning uchun 500 haydovchi tanlab olinib, ularning avtomobillari yuqori tezlikdagi kameralar bilan ta’minlanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют