» » Amerika telekanali yanglishib, Barbara Bush vafot etgani haqida xabar chiqardi

Amerika telekanali yanglishib, Barbara Bush vafot etgani haqida xabar chiqardi


Amerikada CBS telekanalining yangiliklar xizmati — CBS News yanglishib, o‘z saytiga AQSh sobiq prezidenti katta Jorj Bushning rafiqasi Barbaraga bag‘ishlangan ta’ziyanomani joylashtirdi, deb yozadi Miami Herald.

Maqola sarlavhasida “Chop etilmasin” degan belgi bo‘lgan. Matn saytda biroz vaqt davomida ko‘rinib turdi, so‘ng uni olib tashlashdi.

Ta’ziyanomada “ikki vakili Oq uyda hukmronlik qilgan va o‘n yillar davomida respublikachilar siyosatida ustunlik qilgan siyosiy sulola asoschisi, zukko va kirishimli” Barbara Bush so‘nggi paytlarda bir necha marta kasalxonaga yotqizilganidan keyin 92 yoshida o‘z uyida vafot etgani haqida aytiladi.

Nashr eslatishicha, avvalroq Barbara Bush bir necha marta kasalxonada muvaffaqiyatsiz davolanib chiqqanidan keyin davolanishni to‘xtatishi va ko‘proq vaqtini oilasi bilan o‘tkazishi  ma’lum bo‘lgan edi.

Bush ko‘p yillardan buyon Greyvs kasalligidan davolanib keladi. Bu qalqonsimon bezga zarar yetkazadigan va tireoid gormonlari bilan zaharlanishga olib keladigan autoimmun kasallikdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют