» » Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi Shveysariyada bo‘lib o‘tishi mumkin

Tramp va Kim Chen Inning uchrashuvi Shveysariyada bo‘lib o‘tishi mumkin


AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi Shveysariyada bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda 18-aprel, chorshanba kuni Amerikaning NBC telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Telekanal manbasiga ko‘ra, ikki mamlakat vakillari sammit qayerda o‘tishi haqida yakuniy qaror qabul qilmagan. Pekin, Pxenyan va Ulan-Bator variantlar sifatida ko‘rib chiqilgan, biroq xavfsizlik nuqtai nazaridan rad etilgan.

“Mansabdorlarning so‘zlariga qaraganda, amerikalik rasmiy shaxslar neytral joylar tarafdori, ustunlikka ega variantlardan biri — Shveysariya”, — ta’kidlanadi xabarda.

Avvalroq Bloomberg agentligi uchrashuv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan joylardan biri Shvetsiya ekanligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют