» » OAV: KXDR yetakchisi AQSh bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmoqchi

OAV: KXDR yetakchisi AQSh bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmoqchi


KXDR yetakchisi Kim Chen In AQSh bilan tinchlik bitimini tuzishga va diplomatik aloqalar o‘rnatishga intilmoqda. Bu haqda 12-mart, dushanba kuni Janubiy Koreyaning Tona Ilbo gazetasi mamlakat rahbari ma’muriyatidagi manbasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “TASS”.

“Kim Chen Inning pirovard maqsadi — AQSh bilan normal diplomatik munosabatlar o‘rnatish va tinchlik bitimini tuzish, shuningdek, Pxenyanga Amerika elchixonasini joylashtirish”, — dedi nashr manbasi. Uning aniqlik kiritishicha, bu niyati haqida KXDR yetakchisi yaqinda Janubiy Koreya delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tgan. Shuningdek, Donald Tramp bilan uchrashuvda Kim Chen In Koreya yarim orolini qurolsizlantirish masalasini ham ko‘tarishi mumkin, dedi manba.

Eslatib o‘tamiz, KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya delegatsiyasi orqali AQSh prezidenti Donald Trampga yaqin vaqtlar ichida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Tramp ushbu uchrashuvni shu yilning mayigacha o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.

Janubiy Koreya hukumatidagi manbalarga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi Pxenyanda bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют