» » Shavkat Mirziyoyev Buxoroda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutasaddilarni qat’iy ogohlantirdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutasaddilarni qat’iy ogohlantirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi chog‘ida dastlab viloyat va tumanlar hokimlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, mutasaddilar bilan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Yig‘ilishda joriy yil 16—17-fevral kunlari davlat rahbarining viloyatga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Ma’lumki, o‘shanda viloyat iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirish, yangi sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari tashkil etish, mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmini oshirish, sayyohlar oqimini ko‘paytirish, qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirish, yangi uy-joylar, ijtimoiy obyektlar qurish bo‘yicha ko‘plab topshiriqlar berilgan edi. Buning uchun zarur mablag‘ va resurslar ajratildi.

Yig‘ilishda mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar kutilgan darajada emasligi jiddiy tanqid qilindi. Muddatidan kechikayotgan yoki bajarilmayotgan loyihalar ko‘rsatib o‘tilib, buning sabablari muhokama etildi.

Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutasaddilarni jiddiy ogohlantirdi. Barcha rejalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, “aravasini tortolmagan” rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют