» » Respublika ishchi guruhi Qo‘qonda oyiga 168 ming so‘m nafaqa evaziga kun kechirayotgan ayolning sharoitini o‘rgandi

Respublika ishchi guruhi Qo‘qonda oyiga 168 ming so‘m nafaqa evaziga kun kechirayotgan ayolning sharoitini o‘rgandi


Qo‘qon shahridagi Shig‘ovul ko‘chasi, 11-uyda yashovchi Ma’muraxon Baratovaning boshidan ko‘p qiyinchiliklar kechdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U oliy o‘quv yurtini tamomlab, 9 yil maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishladi. O‘sha yilda dadasi ham olamdan o‘tdi. Onasi 1987-yildan asab tizimidagi o‘zgarishlar tufayli og‘ir xastalanib qoldi. Shundan keyin onasining parvarishi va salomatligiga qarash unga qoldi. Oila qurmadi, yaxshi ishini tashlashga majbur bo‘ldi. Ammo u bundan afsuslanmaydi. Yaqinlarga mehribonlik, samimiyat va onani e’zozlash har ikki dunyosini obod qilishga teng.

Aksiga olib Ma’muraxon Baratova 6 yildan buyon revmatizm va osteoxondroz kasalliklari bilan og‘rimoqda.

— Qiynalib qollmayapsizmi, yolg‘izlikda? Moddiy yashash qanday? — so‘raymiz onaxonning ko‘ngliga qo‘l solib.

— Ochig‘i, pensiyam 168 ming so‘m.

— Juda kam emasmi?

— Pensiya uchun stajim yetarli bo‘lmagani sababli shunday kam chiqib qoldi. Ozlikka ozku, ammo eplayapman, — deydi Ma’muraxon opa xijolat bo‘lib. —Uni olgan zahotim birinchi galda chiroq va gaz haqiga ajrataman. Hech kimim yo‘q. Singlimning farzandlari har zamonda bir xabar olib turishadi. O‘zim II-guruh nogironiman. Oyog‘im qattiq og‘riydi. Muolajaga imkonim yo‘q. Tabletkalar ichib yuraman.

Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi o‘rganishidan keyin moddiy yordam ko‘rsatish uchun mahalla fuqarolar yig‘ini tegishli komissiyasiga tavsiya berildi. Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati hokimligi va sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 25 apreldan boshlab 10 kun mobaynida sanatoriyada dam olish bo‘yicha order taqdim etildi.

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga esa hech bir qolipga sig‘maydigan, hatto eng kam oylik ish haqidan ham kam bo‘lgan pensiyani qayta ko‘rib chiqish va nogironlik nafaqasi masalani hal qilishga ko‘rsatma berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют