» » AQShda sog‘lom bola badgumon onasi tufayli 323 ta tekshiruv va 13 ta operatsiyani boshidan o‘tkazdi

AQShda sog‘lom bola badgumon onasi tufayli 323 ta tekshiruv va 13 ta operatsiyani boshidan o‘tkazdi


AQShning Texas shtatida yashovchi 34 yoshli Keylin Boulin bir necha yillar davomida aslida sog‘lom bo‘lgan o‘g‘lini xasta deb, 323 ta tekshiruvdan va 13 ta operatsiyadan o‘tkazgani uchun onalik huquqidan mahrum qilindi, deb yozadi “Metronews.ru”.

Bola chala tug‘ilgan, onasi esa unda noyob irsiy kasallik borligini da’vo qilgan. 2009-yildan 2013-yilgacha bola 323 marta tekshiruvdan o‘tgan va 13 marta jarrohlik aralashuvini boshidan o‘tkazgan. Bundan tashqari, ayol bolani o‘pka ko‘chirib o‘tkazishga navbatga qo‘yishga intilgan. U, shuningdek, bolasini muqarrar o‘lim kutayotganini da’vo qilib, xayriya mablag‘larini yig‘gan.

Bolaning otasi uni o‘z qaramog‘iga olishni istagan, ammo hukumat uning arizasini qondirishdan bosh tortgan, 2012-yilda esa hatto unga o‘g‘li bilan ko‘rishishni taqiqlab qo‘ygan.

Keyinroq bola kasal emasligi ma’lum bo‘ldi. Shifokorlarning yakuniy xulosasiga ko‘ra, bolada onasi da’vo qilgan kasalliklar yo‘q, va u organlar transplantatsiyasiga muhtoj emas.

Ayni paytda Keylin bolalarni tarbiyalashdan chetlatildi. Unga bolaga uning salomatligiga ziyon keltirgan shikastlanishlar yetkazishda ayblanmoqda. Ayol garov puli evaziga qamoqdan qo‘yib yuborildi, uning 8 yoshli o‘g‘li esa otasining qaramog‘iga o‘tdi.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют