» » Toshkentda 4 yoshli o‘glini 2000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi (video)

Toshkentda 4 yoshli o‘glini 2000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi (video)


Toshkent shahar IIBBga 3-may kuni fuqaro A. ariza bilan murojaat qildi. Fuqaroning arizasiga ko‘ra, aprel oyida B. ismli shaxs qo‘ng‘iroq qilib, to‘rt yoshli o‘g‘il bola borligini va uni 2 ming AQSh dollari evaziga sotib olishni taklif qilayotganini aytgan. Fuqaro o‘z arizasida ushbu shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda 11-mayda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Arizaga asosan 3-may kuni Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida bolaning onasi D. ismli shaxs bilan birgalikda 1000 AQSh dollari evaziga to‘rt yoshli bolani sotayotgan vaqtda ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi alomatlari) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Bolaning onasi bergan ko‘rsatmaga ko‘ra, u farzandi bilan Qashqadaryodan kelgan va bir tanishining uyiga joylashgan. Oradan bir hafta o‘tgach, u bolasini sotishda ishtirok etgan Aziza ismli ayol bilan tanishgan. Ayol qisqa vaqt ichida bolaning onasi bilan janjal qilgan va bolasi bilan Qashqadaryoga qaytib ketishi kerakligini aytgan.

Shundan so‘ng Aziza bir tanishiga qo‘ng‘iroq qilib, bolaning onasi qiynalib qolganini va unga yordam berish kerakligini aytgan. Keyin esa Aziza o‘zi qo‘ng‘iroq qilgan ayol va Ilhom ismli erkak bilan gaplashgan va bolaning onasini chetga chiqarib qo‘ygan. Shundan so‘ng Aziza bolaning onasiga bolani ularga berishni aytgan.

Aziza bolaning onasiga hujjatlarni tayyorlayotganda savollarga “xo‘p” deb javob berishi kerakligini aytgan va bolani olib ketgan.

Bolani sotishda bevosita ishtirok etgan Aziza ismli ayolning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u bolani sotish haqida gap chiqqanidan so‘ng Ilhom ismli tanishiga qo‘ng‘iroq qilgan. Ayol tanishi bilan Janubiy vokzal yaqinida uchrashgan.

U yerda bolaning onasi va bola ham bo‘lgan. Ilhomning tanishi ular turgan joyga kelgan. Aziza bolani olish uchun kelgan ayoldan qancha pul bermoqchiligini, ikki ming dollar bera oladimi yoki yo‘qligini so‘ragan. Aziza bolani olmoqchi bo‘lgan ayoldan bir ming dollar olgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют