» » Toshkent shahrida firibgarlik qilgan elektr tarmoqlari xodimlari qo‘lga olindi

Toshkent shahrida firibgarlik qilgan elektr tarmoqlari xodimlari qo‘lga olindi


Toshkent shahar IIBB tomonidan ma’lum qilinishicha, Shayxontohur va Yashnobod tumanida elektr tarmoqlari korxonasining to‘rt nafar xodimi fuqarolardan ma’lum xizmatlarni ko‘rsatish uchun pul talab qilgani bilan bog‘liq jinoyatlar fosh etildi.

2017-yil 14-aprelda Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro tikuv sexi ishlatish uchun zarur bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr manbaiga ulanish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari 12400000 so‘m miqdordagi pul mablag‘ini talab qilayotgani haqida Toshkent shahar IIBBga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.

Holat yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilib 2017-yil 14-aprelda Shayxontohur tumani hududida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari Ismoilov Akrom va Islomov Aziz talab qilingan mablag‘ni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan prokratura idoralari tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi uchunchi qismi  a bandi, ya’ni firibgarlik jinoyati alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilgan.

2017-yil 19-aprelda Shayxontohur tumanida yashovchi yana bir fuqaro Toshkent shahar IIBBga ariza bilan murojaat qilgan. Fuqaroning arizasiga ko‘ra, u Yashnobod tumani hududidan sotib olmoqchi bo‘lgan xonadonning elektr toki bo‘yicha qarzdorligi yo‘qligi haqidagi ma’lumotni olmoqchi bo‘lganda tuman elektr tarmoqlari korxonasining xodimi undan 1300000 so’m miqdordagi pul mablag‘ini talab qilgan.

Shu kunning o‘zida Yashnobod tumani hududida ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Yashnobod tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari Jahongir Shoahmedov va Ahmadjon Yo‘ldoshev talab qilingan 550 ming so‘m va 100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB, agar kimdir mazkur shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsa, ichki ishlar idoralariga murojaat qilishni so‘raydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют