» » APL. Ikki gol farqi bilan oldinda borgan “Liverpul” g‘alaba qozona olmadi

APL. Ikki gol farqi bilan oldinda borgan “Liverpul” g‘alaba qozona olmadi


Bugun, 21-aprel sanasida Angliya premyer ligasi 35-turi doirasida bugun ikki uchrashuv bo‘lib o‘tishi belgilangan edi.

Ulardan birida o‘tgan turda “Manchester Yunayted”ni taslim etgan “Vest Bromvich” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi. Uchrashuvda hisob mehmonlar tomonidan 4-daqiqadayoq ochildi. Gol muallifi Denni Ingz. Birinchi bo‘lim shu hisob bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasiga kelib, APLda to‘purar bo‘lib turgan Muhammad Saloh o‘zining 31-golini kiritdi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay mezbonlar a’zosi Jek Livermor hisobni qisqartirgan bo‘lsa, o‘yinning 88-daqiqasida hisobning 2:2 bo‘lishini ta’minladi.

Ikkinchi uchrashuda esa “Uotford” o‘z uyida “Kristal Pelas”ni qabul qiladi. Mazkur o‘yin ham 19:00 dan boshlab UzReport telekanli orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Angliya premyer ligasi

35-tur bellashuvlari

21-aprel, shanba

Gollar: 0:1 – 4 Ingz, 0:2 – 72 Saloh, 1:2 – 79 Livermor, 2:2 – 88 Rondon.

“Vest Bromvich”: Foster, Douson, Gibbs (Berk, 76), Nom, Xegazi, Fillips, Livermor, Brant, Makkleyn (Evans, 71), Rodriges (Robson-Kanu, 89), Rondon.

“Liverpul”: Karius, van Deyk, Moreno, Gomes, Klavan, Milner, Xenderson, Saloh (Lovren, 84), Veynaldum, Mane (Oksleyd-Chemberlen, 66), Ingz (Firmino, 66).

Ogohlantirish: Moreno (69).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют