» » APL. Muhammad Saloh 4 ta gol urib, “Liverpul”ning yirik g‘alabasini ta’minladi, “Everton” esa bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Stok Siti”ni mag‘lub etdi

APL. Muhammad Saloh 4 ta gol urib, “Liverpul”ning yirik g‘alabasini ta’minladi, “Everton” esa bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Stok Siti”ni mag‘lub etdi


“Stok Siti” — “Everton”, “Xaddersfild” — “Kristal Pelas” hamda “Bornmut” — “Vest Bromvich” jamoalari o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tdi.

“Stok Siti” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib o‘ynab, “Everton”ga imkoniyatni boy berdi. “Everton”ning ikki goliga ham Jenk Tosun mualliflik qildi. “Xaddersfild” esa o‘z uyida “Kristal Pelas”ga yutqazib qo‘ydi. Hisob 0:2 mehmonlar foydasiga. “Bornmut” mezbonligida o‘tgan o‘yinda esa “Vest Bromvich” birinchi bo‘lib hisobni ochganiga qaramay, oxir-oqibatda baribir mag‘lubiyatga uchradi. Hisob 2:1 mezbon jamoa “Bornmut” foydasiga hal bo‘ldi.

Yurgen Klopp shogirdlari “Uotford”ni qabul qilib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. O‘yinda misrlik Muhammad Saloh 4 ta gol urib, poker qayd etdi va APLdagi gollari sonini 28 taga yetkazib oldi. Shuningdek, Saloh Roberto Firminoning goliga hammualliflik vazifasini ham bajardi. Shu tariqa Muhammad Saloh bitta o‘yinning o‘zida gol+pas tizimida 5 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Angliya premyer ligasi

31-tur bellashuvlari

17-mart, shanba

Gollar: 0:1 – 69 Jenk Tosun, 1:1 – 77 Erik Shupo-Moting, 1:2 – 84 Jenk Tosun.

Gollar: 0:1 – 23 Jeyms Tomkins, 0:2 – 68, penalti Luka Milivoyevich.

Gollar: 0:1 – 49 Jey Rodriges, 1:1 – 77 Jordan Ayb, 2:1 – 89 Junior Stanislas.

Gollar: 1:0 – 4 Muhammad Saloh, 2:0 – 43 Muhammad Saloh, 3:0 – 49 Roberto Firmino, 4:0 – 77 Muhammad Saloh, 5:0 – 85 Muhammad Saloh.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2018, 00:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют