» » Bundesliga. “Borussiya D” to‘rtta, “Bavariya” uchta, “Xoffenxaym” esa beshta gol urgan turda “Shalke-04” 2 ta gol oldinda borib g‘alabaga erisha olmadi (video)

Bundesliga. “Borussiya D” to‘rtta, “Bavariya” uchta, “Xoffenxaym” esa beshta gol urgan turda “Shalke-04” 2 ta gol oldinda borib g‘alabaga erisha olmadi (video)


Bundesligada 31-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Yevrokuboklarga da’vogar “Leypsig” jamoasi o‘z maydonida “Xoffenxaym”ni qabul qilib, 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Muddatidan avval chempionlikni hal etgan “Bavariya” “Gannover” darvozasiga javobsiz 3 ta gol yo‘lladi.

Mazkur turning markaziy o‘yini Dortmundda “Borussiya” hamda Leverkuzenning “Bayer” jamoalari o‘rtasida kechdi. Ikkala jamoa ham Yevrokuboklar uchun yo‘llanma beradigan o‘rinlarga da’vogarlik qilyapti. Bellashuv Dortmund jamoasining yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Borussiya D”ni o‘tgan turda mag‘lub eta olgan, “Shalke-04” “Kyoln” maydonida 0:2 hisobida oldinda borib, oxir-oqibat tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Bu natija orqali esa “Shalke-04” “Borussiya D”ni o‘ziga yaqinlashib olishiga imkoniyat berdi. Endi ular orasidagi farq atigi 2 ochkoni tashkil etmoqda.

Bundesliga

31-tur bellashuvlari

20-aprel, juma

Gollar: 1:0 – 8 Shtindl, 2:0 – 35 Raffael, 3:0 – 44 Kramer.

21-aprel, shanba

Gollar: 0:1 – 14 Ut, 0:2 – 35 Gnabri, 0:3 – 45 Kaderjabek, 0:4 – 59 Ut, 1:4 – 59 Keyta, 1:5 – 64 Rupp, 2:5 – 88 Upamekano.

Gollar: 0:1 – 57, penalti Zelke, 0:2 – 77 Lekki, 0:3 – 90 Essvayn.

Gol: 1:0 – 54 Xoltbi.

Gollar: 0:1 – 57 Myuller, 0:2 – 73 Levandovski, 0:3 – 89 Rudi.

Gollar: 1:0 – 13 Gentner, 2:0 – 90 O’zjan.

Gollar: 1:0 – 13 Sancho, 2:0 – 55 Roys, 3:0 – 63 Filipp, 4:0 – 79 Roys.

22-aprel, yakshanba

Gollar: 1:0 – 29 Gregorich, 2:0 – 90 Finnbogason.

Gollar: 0:1 – 4 Embolo, 0:2 – 23 Konoplyanka, 1:2 – 26 Bitenkur, 2:2 – 83 Risse.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют