» » Mercedes-Maybach shinam yo‘ltanlamasining tashqi ko‘rinishi suratlari taqdim etildi

Mercedes-Maybach shinam yo‘ltanlamasining tashqi ko‘rinishi suratlari taqdim etildi


Mercedes-Maybach konseptual yo‘ltanlamasining tashqi ko‘rinishi aks etgan suratlar taqdim etildi. Yangi avtomobil kupe va Vision kabrioleti uslubida yaratilgan. Uning taqdimoti keyingi haftada Pekinda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Vision Mercedes-Maybach Ultimate Luxury — bu shinam sedan va yo‘ltanlamasining gibridi. Mashinaning tashqi ko‘rinishi kupe shaklidagi krossoverni eslatadi. Noodatiy yechimlardan biri kuzov, panoramali tom va mashinaning orqa oynasini ikkiga bo‘luvchi chiziq hisoblanadi.

Vision Mercedes-Maybach Ultimate Luxury’ning saloniga to‘rtta alohida o‘rindiq o‘rnatilgan. Oldingi panelda multimedia tizimi displeyi va raqamli uskunalar paneli joylashgan. Salonni jihozlashda yog‘och, oq charm, alyuminiy va oltindan foydalanilgan.

Avtomobil Xitoy bozoriga yo‘naltirilgani uchun orqa o‘rindiqlar o‘rtasiga an’anaviy choy marosimi jihozlari joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют