» » Tramp Makronning Fransiya shimolidan keltirilgan daraxtiga javoban unga stul qoplamasi bo‘lagini hadya qiladi

Tramp Makronning Fransiya shimolidan keltirilgan daraxtiga javoban unga stul qoplamasi bo‘lagini hadya qiladi


AQSh prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi Melaniya Tramp Fransiya rahbari Emmanuel Makronga Oq uydagi Moviy xona stulining ramkaga solingan qoplamasini hadya qiladi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Telekanalning ma’lum qilishicha, AQSh prezidentining rafiqasi fransuz yetakchisiga ideal sovg‘a haqida bir necha oy avval bosh qotira boshlagan. U Oq uyda 1817-yildan 1825-yilgacha yashagan AQShning beshinchi prezidenti Jeyms Monro davrida fransuz Pyer-Antuan Belanje yaratgan mebelni tanladi.

Bundan tashqari, Makron fotoalbom va Tiffany & Co. kompaniyasining Donald va Melanya Tramplar tomonidan imzolangan kumush chashkasini ham sovg‘a sifatida oladi.

Makron 23-aprel kuni AQShga rasmiy tashrif bilan keladi. U Trampga sovg‘a tariqasida Ikkinchi jahon urushi davrida Amerika qo‘shinlari joylashtirila boshlangan Fransiya shimolidan eman daraxtini olib kelmoqda. Uning fikricha, prezidentlar tomonidan Amerika yetakchisining bog‘iga o‘tqaziladigan daraxt ikki mamlakatning uzoq aloqalari ramziga aylanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют