» » Fransiya prezidenti AQSh Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishidan xavotir bildirdi

Fransiya prezidenti AQSh Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishidan xavotir bildirdi


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSh yetakchisi Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotida amerikaliklar Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishidan xavotir bildirdi. Bu haqda Yelisey saroyi bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

“Fransiya prezidenti Quddusning AQSh tomonidan bir tomonlama Isroil poytaxti sifatida tan olinish ehtimolidan tashvish bildirdi. Emmanuel Makron Quddusning maqomi isroilliklar va falastinliklar o‘rtasidagi muzokaralar doirasida belgilanishi lozimligini eslatdi”, — deyiladi bayonotda.

Makron ma’muriyati Parij tinchlik-osoyishtalikda yonma-yon yashayotgan ikki mustaqil davlat — Isroil va Falastin konsepsiyasiga sodiqligini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq The Wall Street Journal nashri Tramp yaqin vaqt ichida Quddusni Isroil poytaxti deb rasman tan olishni rejalashtirayotganini bildirgandi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют