» » O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari boshlandi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari boshlandi


Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni O‘zbekistonga tashrifi bilan qutladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqotda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatiga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, turli sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.

Prezidentlar Toshkent shahridagi Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida ishtirok etishi, 24-aprel kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: Turkmaniston prezidentining Toshkentga tashrifi to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют