» » Moliya vazirligi davlat qabul komissiyalari faoliyati yuzasidan so‘rov e’lon qildi

Moliya vazirligi davlat qabul komissiyalari faoliyati yuzasidan so‘rov e’lon qildi


Bugungi kunda davlat dasturlari asosida bir qancha ijtimoiy soha ob’ektlari yangidan qurilib, rekonstruksiya va kapital ta’mirlanib foydalanishga topshirilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra ushbu obyektlar Davlat qabul komissiyalari tomonidan foydalanishga qabul qilinadi. Masalan, Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanidagi markaziy o‘yingohga tribuna qurilishi obyekti quyidagi komissiyasi a’zolari tomonidan foydalanishga qabul qilingan.

Jismoniy tarbiya va sport ishlari vaziri;

Qurilish vaziri o‘rinbosari;

Moliya vaziri o‘rinbosari;

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari;

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi direktori;

“O‘zaharsozlik LITI” aksionerlik jamiyati raisi;

Shuningdek, hududiy hokimliklar va tegishli boshqarmalar boshliqlari.

Ko‘rinib turibdiki, respublikaning olis tumanlarida bajarilgan qurilish ishlarini foydalanishga qabul qilish uchun ham Toshkent shahrida joylashgan 6 ta vazirlik va idoralar rahbarlaridan imzo olinishi lozim. Ya’ni, mazkur vazirlik va idoralar rahbarlari foydalanishga topshiriladigan obyektlarni joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqishlari talab etiladi. Bu esa ma’lum bir vaqtni talab etadi.

Buning oqibatida, ko‘p hollarda yuqorida qayd etilgan rahbarlarning obyektga chiqmasdan, bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatini ko‘rmasdan turib, qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga qabul qilish bayonnomalariga imzo qo‘yish holatlari kuzatilmoqda.

Shundan kelib chiqib, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish hamda foydalanishga topshiriladigan obyektlarda bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatini nazorat qilish imkoniyatini oshirish maqsadida, obyektlarni foydalanishga topshirish davlat qabul komissiyasi a’zolarini qayta ko‘rib chiqish lozim deb hisoblanmoqda.

Ushbu masala yuzasidan Moliya vazirligi aholi fikrini o‘ta muhim deb hisoblagan holda so‘rov o‘tkazishni lozim deb topdi.

Savollar:

1-variant: Qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan ijtimoiy soha obyektlarini foydalanishga qabul qilishda amaldagi davlat qabul komissiyasi a’zolarini saqlab qolish.

2-variant: Qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan obyektlarni qabul qilishda davlat qabul komissiyasi a’zolarini faqatgina hududiy hokimliklar va boshqarmalaridan kiritish.

3-variant: Qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan obyektlarni qabul qilishda davlat qabul komissiyasining faqatgina raisini foydalanishga qabul qiluvchi tashkilotning yuqori turuvchi organidan (vazirlik va idoralar rahbarlari) va a’zolarini hududiy hokimliklar va boshqarmalar vakillaridan iborat tarkibni tasdiqlash. Shuningdek, komissiya a’zoligiga xalq deputatlari vakillari va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarini ham kiritish.

4-variant: Sizning variantingiz.

Variant ko‘rsatilgan holda taklif va mulohazalar qoldirish so‘raladi. So‘rov 2018-yilning 10-mayiga qadar o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют