» » Yuqori Chirchiqda yangi sport maktabi foydalanishga topshirildi

Yuqori Chirchiqda yangi sport maktabi foydalanishga topshirildi


Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yangi qurilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Ozoda maxsus ta’mirlash va rekonstruksiya qilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan davlat dasturiga asosan barpo etilgan yangi sport majmuasida 3 milliard 900 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Majmuadagi zamonaviy sport zallari, xonalar zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Suzish havzasida suvni isitish, tozalash va yangilab turish texnologiyasi o‘rnatildi. Kiyinish, yuvinish xonalari zamonaviy jihozlangan.

Sport maktabiga qabul qilingan 1200 dan ziyod o‘quvchiga 36 mutaxassis belgilangan jadval asosida futbol, stol tennisi, voleybol, taekvondo, boks va suzish kabi sport turlari sirlarini o‘rgatmoqda. Endi bu yerda viloyat miqyosidagi musobaqalarni o‘tkazish imkoniyati ham mavjud.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют