» » Angrenda ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudlarining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Angrenda ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudlarining yangi binosi foydalanishga topshirildi


Angren shahrida ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudlarining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot idoralari vakillari, faxriy huquqshunoslar, tuman faollari va yoshlar ishtirok etdi, deb yozadi O‘zA.

Respublika prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi sud-huquq tizimi moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, hududlarda yangi sud binolari qurilmoqda, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda.

“Zamonaviy va muhtasham sud binosida ‘Boysun omad qurilish’ mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 3 milliard so‘mlikdan ziyod qurilish-montaj ishlari bajarildi, — deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudi raisi G‘. Ergashev. — Binoda ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar uchun mo‘ljallangan alohida uch sud zali, xodimlar va fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud”.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют