» » 1-mayda Samarqandga Rossiyadan jo‘nagan “Pobeda” avtomobillari yetib keladi

1-mayda Samarqandga Rossiyadan jo‘nagan “Pobeda” avtomobillari yetib keladi


1-may kuni Samarqandga Rossiyaning Nijnevartovskidan jo‘nagan “Pobeda” raritet avtomobillari avtokarvoni O‘zbekistonga yetib keladi, deb xabar beradi “Zarafshon” gazetasi.

23-aprel kuni “Nijnevartovsk—Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan “Pobeda — odna na vsex” (“G‘alaba — barcha uchun bitta”) avtokarvoni Ostonaga yetib kelgan.

“Pobeda” rusumidagi beshta avtomobil 17-aprelda Samarqand tomon yo‘l olgan. Ular 1-mayda qadimiy shaharga yetib kelishi kutilmoqda. Ushbu tadbir Rossiyaning Xanti-Mansiysk avtonom okrugi Dumasi qoshidagi Yoshlar parlamenti tomonidan tashkillashtirilgan. Mashinalar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston shaharlaridan o‘tadi.

Avtokarvon, shuningdek, Toshkentda ham bo‘ladi. Samarqandga yetib kelgach, avtomobilchilar yana Nijnevartovskka qaytadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют