» » 9-may munosabati bilan Rossiyadan Samarqandga qadar noyob avtomobillar yurishi uyushtiriladi

9-may munosabati bilan Rossiyadan Samarqandga qadar noyob avtomobillar yurishi uyushtiriladi


9-may munosabati bilan 17-apreldan 9-mayga qadar “G‘alaba — barcha uchun bitta” nomi ostida noyob avtomobillar marafoni uyushtiriladi. Rossiyaning Xanti-Mansiysk muxtor okrugi tuzilmalari tomonidan tashkil etilayotgan tadbir Nijnevartovsk shahridan boshlanib, Samarqandda tugaydi.

Tadbirda 18 nafar rossiyalik avtomobil ishqibozi ishtirok etadi. Ular 1930–1943-yillarda ishlab chiqarilgan yettita GAZ M-20 “Pobeda” mashinalarini boshqarib boradi.

Tadbirda, shuningdek, jurnalistlar, tashkilotchilar, blogerlar, videooperatorlar qatnashadi.

Avtoralli Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston hududidan o‘tadi. Yo‘nalish, jumladan, O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlarini qamrab oladi.

Avtoyurish ishtirokchilarining Chimkent orqali O‘zbekistonga kirishi 28-aprel kuniga mo‘ljallangan. Ular 1-may kuni Samarqanddan Qozog‘istonga qaytib ketadi.

Respublikada bo‘lganida video va fotosyomka ishlarini olib boradi, urush faxriylari, O‘zbekiston yoshlari bilan uchrashadi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan memoriallar poyiga gullar qo‘yadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют