» » Peterburgda avtobus haydovchisiga bita bilan hujum qilgan o‘zbekistonlik ayolga nisbatan sud hukmi chiqarildi

Peterburgda avtobus haydovchisiga bita bilan hujum qilgan o‘zbekistonlik ayolga nisbatan sud hukmi chiqarildi


Peterburgda maktab avtobusi haydovchisiga bita bilan hujum qilgan o‘zbekistonlik ayol besh oyga koloniyaga hukm qilindi. Bu haqda mahalliy OAVlari xabar bermoqda, deb yozadi “Sputnik Uzbekiston”.

Ayol 2017-yilning dekabrida do‘sti bilan maktab avtobusi haydovchisiga hujum qilgan.

Kirovlik maktab o‘quvchilarni bolalar archasidan olib qaytayotgan avtobus yo‘lini kutilmaganda Range Rover to‘sgan. Mashina egasi, ozarbayjonlik erkak haydovchi YHX qoidalarini buzganligi uchun jazolanishi kerak degan xulosaga kelgan va haydovchini avtobusdan chiqarib, bir necha marta pichoq urgan. Uning hamrohi bo‘lgan ayol esa jabrlanuvchini bita bilan kaltaklagan. Shundan so‘ng ular voqea joyidan yashiringan.

30 yoshli o‘zbekistonlik ayol politsiyaga o‘zi kelganligi va ko‘rsatma berganligi ta’kidlanmoqda. U haydovchidan uzr so‘ragan va unga yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют