» » Moskvada bezori ayol kishiga pichoq bilan 10 marta zarba berdi. Ayol tirik qoldi

Moskvada bezori ayol kishiga pichoq bilan 10 marta zarba berdi. Ayol tirik qoldi


Moskva shimolida bezori erkak ayol kishiga pichoq bilan 10 marta zarba berdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Xabar berilishicha, 8-mart kuni kechqurun noma’lum erkak 43 yoshli ayolning hayot uchun muhim a’zolariga kamida o‘n marta pichoq bilan zarba bergan. Ayol qarshilik ko‘rsatgan, o‘tkinchi kishi unga yordamga kelgan, shu sababli hujum qilgan erkak o‘z maqsadiga yeta olmagan. Jabrlangan ayol kasalxonaga yetkazilgan.

Hujum qilgan erkak hibsga olingan, uning psixik holatini aniqlash maqsadida tibbiy ekspertiza o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2018, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют