» » Qozog‘istonlik erkak Peterburg markazida 18 yoshli qizni pichoqlashga urindi (video)

Qozog‘istonlik erkak Peterburg markazida 18 yoshli qizni pichoqlashga urindi (video)


Rossiya Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburgda pichoq bilan qurollangan erkak 18 yoshli qizga hujum qilganligi aks etgan kuzatuv kameralari videosini joylashtirdi, deb yozadi Tengrinews.

Videoda jinoyatchi qizga zarba berayotgani, u yerga qulaganda esa qadamlarini tezlashtirib, keyinroq esa yugurib voqea joyini tark etayotganligini ko‘rish mumkin.

“8-fevral kuni Vosstaniya ko‘chasida 21 yoshli erkak mojaro davomida tanishi, 18 yoshli qizning bo‘yniga pichoq bilan zarba bergan va voqea joyidan yashiringan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Hozirgi paytda u dori-darmon ta’siridagi koma holatida”, — deya xabar beradi Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati.

Mazkur jinoyat Qozog‘iston fuqarosi Mahmetov Aleksandr Yuryevich tomonidan sodir etilganligi aniqlangan. Hozirda unga nisbatan federal qidiruv e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-03-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют