» » Zimbabve janubida timsohlar sayyohlarga hujum qildi

Zimbabve janubida timsohlar sayyohlarga hujum qildi


Zimbabve janubidagi Matobo milliy bog‘ida timsohlarning hujumi oqibatida bir nafar erkak halok bo‘ldi, yana bir ayol jiddiy jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar berilishicha, hodisa 31-dekabr kuni, dam olayotgan juftlik ikki nafar do‘sti bilan shishirilgan qayiqda bog‘dagi suv havzasida suzayotgan vaqtda yuz bergan. Sayyohlarning fuqaroligi ma’lum qilinmagan.

Jon Bouman va Rozmari Mitchell timsohlar hujumidan so‘ng kasalxonaga yetkazilgan, biroq Bouman kasalxonaga yetib bormasdan vafot etgan. Mitchell esa intensiv terapiya bo‘limida davolanmoqda.

Bog‘ xodimi hodisa haqida politsiyaga xabar bergan va sayyohlarni yana bir marta yovvoyi hayvonlarga yaqinlashmaslikka chaqirgan. Uning aytishicha, hodisa qurbonlari ruxsat etilmagan shishirilgan qayiqdan foydalangan.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 05:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют