» » UAZ O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

UAZ O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda


UAZ MChJ O‘zbekistonda o‘z avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasini o‘rganib chiqmoqda. Ayni damda muzokaralar boshlang‘ich bosqichda, deb xabar qilmoqda Sputnik.

“Rejalarimizdan biri – avtomobillarimizni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. O‘zbekistonda avtomobil biznesi borasida juda yaxshi imkoniyatlar bor”, — dedi Zabolotnov Toshkentda o‘tkazilayotgan “Expo-Russia Uzbekistan 2018” ko‘rgazmasida.

Zabolotnov aytishiga qaraganda, ayni damda UAZ vakillari O‘zavtosanoat bilan yaqin hamkorlikda, ushbu loyihaning iqtisodiy asoslari o‘rganib chiqishmoqda. O‘zbekistonda UAZ’ning Patriot, Pickup va Profi modellarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

“Ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, texnik xizmat ko‘rsatish borasida biz, an’anaviy ravishda, g‘arbiy brendlarga qaraganda mijozga yaqinroqmiz”, — dedi zavod vakili.

Sotuv rejalari borasida, 2018-yilda UAZ O‘zbekistonda sotilgan avtomobillar sonini 1000 taga yetkazmoqchi. 2017-yilda ushbu ko‘rsatgich 400 tani tashkil qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют