» » Xitoylik erkak lotereyada millionlarni yo‘qotdi va chipta sotuvchi kioskani yoqib yubordi

Xitoylik erkak lotereyada millionlarni yo‘qotdi va chipta sotuvchi kioskani yoqib yubordi


Xitoylik Syuy Chao lotereya chiptasini sotuvchi kioskani yoqib yuborgani uchun hibsga olindi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Shanxayda yashovchi 41 yoshli erkak yetti yil ichida lotereya chiptalarini sotib olish uchun olti million yuandan ortiq mablag‘ sarflagan. Chipta sotib olish uchun xitoylik erkak o‘z uyini va ota-onasining uchta uyini sotgan. Shuningdek, Chao qarindoshlari va do‘stlaridan qarz olgan. O‘yinga bog‘lanib qolgani uchun xotini uni tashlab ketgan.

To‘rt yil oldin Chao bir millionlik yutuqni yutib olgan. Biroq u bu haqda hech kimga aytmasdan, barcha puli chipta sotib olishga ishlatib yuborgan.

2017-yilning oktabr oyida u o‘z ishidan ajralgan va lotereya kioskasi sotuvchisidan qarz olishga uringan. Biroq sotuvchi buni rad etgan va eski qarzlarini esiga solgan. Shunda Chao kioskaga spirtli ichimlik sepib, uni yoqib yuborgan.

Erkak sudda o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganini va shuning uchun hodisa joyidan ketmaganini tan olgan. U to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют