» » Yevropa Ligasi. “Arsenal” 80 daqiqa 1 kishi ko‘p bo‘lib o‘ynab ham “Atletiko”ni yuta olmadi, “Marsel” esa g‘alaba qozondi (video)

Yevropa Ligasi. “Arsenal” 80 daqiqa 1 kishi ko‘p bo‘lib o‘ynab ham “Atletiko”ni yuta olmadi, “Marsel” esa g‘alaba qozondi (video)


26-aprel sanasida Yevropa Ligasi yarim finalining dastlabki uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unda Fransiyaning “Marsel” jamoasi o‘z uyida Avstriyaning “Zalsburg” jamoasini qabul qilib, Toven va N’Jining gollari sabab g‘alaba qozondi.

Diyego Simeone boshliq “Atletiko Madrid” esa Londonda Arsen Vengerning “Arsenal”i bilan kurash olib bordi. Uchrashuvning 10-daqiqasidan boshlab, 1 kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Atletiko Madrid” Londonda durang qayd eta oldi. Gollar ikkinchi bo‘limda urildi. Fransiyalik Aleksandr Lyakazettning goliga, boshqa bir fransiyalik o‘yinchi Antuan Grizmann javob qaytardi. Shu tariqa ilk o‘yin tomonlarning durang natijasi bilan yakunlandi.

Yevropa Ligasi

Yarim final bellashuvlari

26-aprel, payshanba

Gollar: 1:0 – 15 Toven, 2:0 – 63 N’Ji.

“Marsel”: Pele, Sarr, Rami, Amavi, Payet, Luis Gustavo, Okampos (Zambo-Angissa, 52), Lopes (N’Ji, 60), Toven (Jermen, 81), Sanson, Mitroglu.

“Zalsburg RB”: Valke, Ramalo, Ulmer, Layner, Chaleta-Sar, Edara (Yabo, 81), Samasseku, Volf (Shlager, 68), Berisha, Xvan Xi Chxan (Gulbrandsen, 60), Dabur.

Ogohlantirshlar: Lopes (20), Volf (22), Mitroglu (90).

Gollar: 1:0 – 61 Lyakazett, 1:1 – 82 Grizmann.

“Arsenal”: Ospina, Mustafi, Monreal, Belyerin, Kosyelni, Uilsher, Jaka, Remzi, Ozil, Uelbek, Lyakazett.

“Atletiko”: Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vrsalko, Godin, Saul, Parti, Koke, Korrea (Savich, 75), Gameyro (Gabi, 65), Grizmann (Torres, 85).

Ogohlantirish: Vrsalko (2).

Chetlatish: Vrsalko (10).

Yarim finalning javob bahslari esa 3-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Final uchrashuvi 16-may kuni Liondagi “Stad de Lion” stadionida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 02:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют