» » Turkiya prezidenti O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida so‘zga chiqadi

Turkiya prezidenti O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida so‘zga chiqadi


Turkiya prezidenti O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida so‘zga chiqadi, deb xabar berdi O‘zA.

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya pezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 2018-yil 29-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida avvalroq xabar berilgandi.

Tashrif davomida Prezidentlar O‘zbekiston va Turkiyaning yetakchi banklari, kompaniya va firmalari rahbarlarining qo‘shma biznes forumida ham ishtirok etadi.

Tashrif dasturidan Turkiya delegatsiyasining Buxoro shahrida bo‘lishi ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston – Turkiya muzokaralari yakunida Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati va uni jadal rivojlantirish masalalari aks etgan Qo‘shma bayonotni imzolashi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo turli sohalarga oid salmoqli hujjatlar to‘plami hamda qator investitsiya kelishuvlari imzolanishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют