» » Fyodor Yemelyanenko amerikalik raqibini 49 soniya ichida nokaut qildi va g‘alabaga erishdi (video)

Fyodor Yemelyanenko amerikalik raqibini 49 soniya ichida nokaut qildi va g‘alabaga erishdi (video)


Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Fyodor Yemelyanenko Bellator chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tayotgan musobaqaning birinchi davrasida amerikalik Frenk Mirga qarshi jang qildi, deb yozadi “NTV”.

Chikagoda o‘tgan jang Yemelyanenkoning 1-raunddagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Fyodor 49 soniya ichida raqibini nokaut bilan mag‘lub etdi.

Bu muvaffaqiyat 41 yoshli Yemelyanenko uchun faoliyatidagi 37-g‘alaba bo‘ldi. U 2015-yilda faoliyatini tiklagandan keyin o‘tkazgan 4 ta jangda 3-g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uning 38 yoshli raqibi Mir esa faoliyatidagi 30 ta jangdagi 12-mag‘lubiyatiga rozi bo‘ldi.

Yemelyanenko endi musobaqaning yarim finalida amerikalik Cheyl Sonnenga qarshi jang qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют