» » “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi brifingida maktab formasi namunalari namoyish etildi (foto)

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi brifingida maktab formasi namunalari namoyish etildi (foto)


O‘zbekistonning ikkita maktabida maktab formasi namunalarini sinovdan o‘tkazish boshlandi. Yagona maktab formasini joriy qilish tajribasi Toshkent shahridagi 91-sonli va Sirdaryo viloyatidagi 4-sonli maktablarda o‘tkazilmoqda. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi brifingida maktab formasi namunalari namoyish etildi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.

Bugungi kunda maktab formasining o‘nta namunasi sinalmoqda, ular dizayni hamda ko‘ylak, pidjak va jaketlarda qo‘llanilgan matolari bilan bir-biridan farq qiladi.

91-sonli maktab direktori qayd etishicha, o‘quvchilarning ota-onalari respublikada yagona namunadagi maktab formasi joriy etilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Sinov chog‘ida ota-onalar kiyimlarning yuqori sifati, pishiqligi va qulayligini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют