» » FIFA talabiga ko‘ra “Sho‘rtan” klubidan 3 ochko olib tashlandi

FIFA talabiga ko‘ra “Sho‘rtan” klubidan 3 ochko olib tashlandi


Pro-Liganing “A” guruhi 4-turidan keyin 8 ochko bilan 4-o‘rinni egallab turgan G‘uzorning “Sho‘rtan” klubidan 3 ochko olib tashlandi. Bu haqda PFL axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qaror O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroqo‘mi byurosi tomonidan tasdiqlangan. Bunga sabab esa “Sho‘rtan” hamda chernogoriyalik futbolchi Predrag Vuyovich o‘rtasidagi mojaro hali yakuniga yetmagan. FIFA Intizom qo‘mitasi G‘uzor klubiga dastlabki sanksiyalarni qo‘llash borasidagi ilk ogohlantirishni 2015-yilning 9-oktabr kuni yuborgan. Shunga qaramay, “Sho‘rtan” mazkur masala yechimini topmagan.

O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Sho‘rtan”ning ochkolarini 3 taga kamaytirib, endilikda uning Pro-Ligadagi ochkosi 8 emas, 5 ta ekanini ma’lum qiladi, deyiladi xabarda. Agar klub Vuyovich bilan bog‘liq masalani belgilangan muddat ichida hal qilmasa, jazo choralari yanada jiddiyroq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun Vuyovich “Sho‘rtan” safida 2011-yilda faoliyat olib borgan edi. Keyinchalik o‘yinchi “Sho‘rtan”ni o‘zining oylik maoshini to‘liq bermaganlikda ayblab, FIFAga arz qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют