» » Platinum Trade Group “O‘zkimyopolimersavdo”ning 31 foiz aksiyasini sotib oldi

Platinum Trade Group “O‘zkimyopolimersavdo”ning 31 foiz aksiyasini sotib oldi


O‘zbekistonda iste’mol tovarlarini import qiluvchi va distribyutori Platinum Trade Group “O‘zkimyopolimersavdo” AJning 31 foiz aksiyasini sotib oldi. Bu haqda “Toshkent” respublika fond birjasi ma’lumotlariga asoslanib, Spot xabar berdi.

Bitim 26-aprel kuni yakunlangan bo‘lib, kompaniya 128 884 ta, ya’ni ustav fondining 31,7 foiz aksiyasi egasiga aylandi.

Platinum Trade Group kompaniyasiga 2014-yilda, xoldingiga esa 2016-yilda asos solingan. Kompaniya tomonidan e’lon qilingan vakansiyalarga ko‘ra, Platinum Trade Group’ning “Kiriyeshki”, FAN va boshqa shu kabi brendlarga aloqasi bor.

“O‘zkimyopolimersavdo”ga esa 1994-yilda asos solingan bo‘lib, kompaniya kimyoviy va rezina mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 2018-yilning birinchi choragi hisobotlariga ko‘ra, uning sof daromadi 165 million so‘mni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют