» » Alibaba Xitoyning taom yetkazish servisidagi ulushini 100 foizga yetkazadi

Alibaba Xitoyning taom yetkazish servisidagi ulushini 100 foizga yetkazadi


Alibaba Group internet korporatsiyasi Xitoyning taom yetkazish servisi ele.me’ni xarid qilishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda korporatsiya bayonotiga tayanib, Reuters xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

Butun paketni xarid qilish haqidagi e’longa qadar Alibaba Group va uning kompaniyasi Ant Small & Micro Financial Services Group ele.me’ning 43 foiz aksiyalari egasi edi. Butun servisning to‘liq qiymati 9,5 milliard dollarga baholanmoqda.

Xariddan so‘ng ele.me o‘z brendi ostida ishlaydi, biroq Alibaba Group tomonidan asos solingan Koubei kompaniyasining ba’zi funksiyalarini birlashtiradi.

Alibaba Group’ning vitse-prezidenti Van Ley ele.me’ning ijrochi direktoriga aylanadi. Taom yetkazish servisining asoschisi Chjan Shuxao kompaniya boshqaruv raisi va Alibaba Group’da maxsus maslahatchi lavozimlarini egallaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют