WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Xitoydagi massaj salonida yong‘in chiqdi, 18 kishi halok bo‘ldi
Xitoydagi massaj salonida yong‘in chiqdi, 18 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning Chjeszyan provinsiyasida massaj salonida yong‘in sodir bo‘ldi, natijada 18 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru” “Sinxua” agentligiga tayanib.
Mahalliy huquq-tartibot organlari ma’lum qilishicha, 8 kishi voqea joyida o‘lik holda topilgan, yana 10 kishi keyinroq kasalxonada vafot etgan. Shuningdek, yana 18 kishi jarohat olgan.
Yong‘in Tyantay uyezd shahrining gavjum qismida joylashgan oyoq massajiga ixtisoslashgan muassasada yuz bergan. Yong‘in sabablarini aniqlashtirish uchun tekshiruv olib borilmoqda.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?